AsosiySport

An`anaviy "Bosh vazir kubogi" musobaqasi o`tkaziladi

'An`anaviy "Bosh vazir kubogi" musobaqasi o`tkaziladi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-dekabrdagi “O`zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PF–5887-sonli Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-noyabrdagi “Aholining sog`lom turmush tarzini qo`llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi 735-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta`minlash maqsadida mamlakatimizdagi vazirliklar, idoralar va yuqori turuvchi tashkilotlarning markaziy apparati xodimlari o`rtasida sog`lom turmush tarzini keng targ`ib qilish, ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida futbol bo`yicha an`anaviy “Bosh vazir kubogi-2021” musobaqasi bo`lib o`tadi. O`yinlar joriy yilning 5-noyabridan 10-noyabriga qadar “Bunyodkor” futbol akademiyasiga qarashli maydonlarda tashkil etiladi.

Hal qiluvchi final o`yini esa 10-noyabr kuni soat 15.00da mamlakatimizning bosh arenasi – “Bunyodkor” stadionida boshlanadi.

Ayni vaqtgacha musobaqada qatnashish istagini bildirgan jamoalarning soni 30tadan oshib ketdi. Ertaga, 4-noyabr kuni soat 11:00da Turizm va sport vazirligi (sobiq Jismoniy tarbiya va sport vazirligi) binosida“Bosh vazir kubogi-2021” an`anaviy futbol musobaqasiga qur`a tashlash marosimi o`tkaziladi.

Musobaqa Nizomiga ko`ra, o`yinlar 25 daqiqadan ikki bo`lim davom etadi. Har bir jamoa o`z tarkibiga 15 nafar futbolchini kiritishi mumkin va almashishlar soni cheklanmagan.

Eslatib o`tamiz, 2019 va 2020-yillarda o`tkazilgan “Bosh vazir kubogi” musobaqalarida bosh sovrin O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi jamoasiga nasib etgan.

Boshqa yangiliklar