To`lov tashkiloti lisenziyasiga ega bo`lgan “Payment Aggregation Systems” MChJ tomonidan “QIWI Uzbekistan” elektron pullar tizimi faoliyatini tashkil etish va “Kapitalbank” aksiyadorlik tijorat banki tomonidan mazkur elektron pullar tizimining emitenti sifatida elektron pullarni chiqarish faoliyati bo`yicha taqdim etilgan hujjatlar o`rganib chiqildi.
O`rganish natijasida “O`zbekiston Respublikasi hududida elektron pullarni chiqarilishi va muomalada bo`lishi qoidalari”ga (ro`yxat raqami 3231, 29.04.2020 y) ko`ra, “QIWI Uzbekistan” elektron pullar tizimi Markaziy bankning Elektron pullar tizimi reestriga kiritilib, elektron pullarning chiqarilishi faoliyatiga ruxsat berildi.






