1

O`zbekistonga 10 oyda 300 mln litr avtomobil benzini import qilingan

Iqtisodiyot 23.11.2021, 15:56
O`zbekistonga 10 oyda 300 mln litr avtomobil benzini import qilingan

Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2021 yilning yanvar-oktyabr oylarida O`zbekistonga qiymati 110,2 mln. AQSh dollariga teng bo`lgan 300 mln. litrdan ziyod avtomobil benzini import qilingan.  

Avtomobil benzini importi o`tgan yilning mos davriga nisbatan 128 mln. litrga oshgan.

O`zbekiston avtomobil benzinini import qilgan asosiy davlatlar:  

  • Rossiya – 142,3 mln. litr  
  • Turkmaniston – 136 mln. litr    
  • Qozog`iston – 16 mln. litr  
  • Iroq – 3,6 mln. litr  
  • Eron – 1,8 mln. litr

 

 O`zbekistonda 2021 yilning yanvar-oktyabr oylarida 902,7 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1