1

Qoraqalpog`iston va Xorazmda tadbirkorlarga soliq imtiyozlari beriladi

Iqtisodiyot 24.11.2021, 12:26
Qoraqalpog`iston va Xorazmda tadbirkorlarga soliq imtiyozlari beriladi

Orolbo`yi mintaqasida tadbirkorlikni jadal rivojlantirishga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risidagi Prezident Farmoni (PF-25-son, 23.11.2021 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi. 

 Farmonga muvofiq, 2022 yil 1 yanvardan:  

➖ 2031 yil 1 yanvargacha Mo`ynoqdagi mahalliy sanoat, qishloq xo`jaligi va xizmatlar sohalaridagi tadbirkorlar uchun:

➖ foyda va daromad solig`i, aylanmadan olinadigan va ijtimoiy soliqlar 1 foiz;

➖ mol-mulk, er va suvdan foydalanganlik uchun soliq 1 foiz etib belgilandi;

2025 yil 1 yanvargacha Xorazm viloyatining Tuproqqal`a, Yangiariq, Yangibozor tumanlarida tadbirkorlar uchun:

● foyda solig`i, yuridik shaxslardan olinadigan er va mol-mulk solig`i 50 foizga kamaytiriladi;

● O`zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan o`z ehtiyojlari uchun olib kiriladigan xomashyo, materiallar bojxona bojidan ozod qilinadi;

● Xorazmda yangi qurilayotgan bog`lar, tokzorlar va tutzorlar egallagan erlarga er solig`i bo`yicha imtiyozli davr besh yil etib belgilandi.

 Qoraqalpog`iston uchun Davlat byudjetidan ta`minlanadigan investisiya loyihalari kamida 50 milliard so`m etib belgilandi.

Xorazmdagi past rivojlanayotgan va ishsizlik yuqori bo`lgan 98 ta mahalla uchun 2022–2026 yillar davomida: ⬇️

- oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida 250 mlrd so`m kredit ajratiladi;

- davlat byudjetidan infratuzilmani rivojlantirish uchun 150 milliard so`m mablag` ajratiladi.

2022 yil 1 yanvardan 2027 yil 1 yanvargacha Orolbo`yi mintaqasidagi:

▪️kichik tadbirkorliklarga korxona uchun zarur asbob-uskunalarni olib kelish vaular ishlab chiqargan mahsulotlarni boshqa hududlariga etkazib berish bilan bog`liq tashish xarajatlarining 50 foizi qoplab beriladi;

▪️mahalliy eksportchilar ishlab chiqargan mahsulotlarni eksport qilishda, ularning Kaspiy dengizigacha tashish bilan bog`liq transport xarajatlarini to`liq qoplab beriladi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1