Muloqotda Yaqin Sharqdaggi murakkab vaziyat muhokama qilinib, yuzaga kelgan beqarorlik jiddiy tashvish uyg‘otayotgani qayd etildi. Davlat rahbari O‘zbekiston har qanday qarama-qarshilik va ziddiyatlarni siyosiy-diplomatik yo‘l bilan hal etish tarafdori ekanini ta’kidladi.
Shuningdek, Omonning mintaqada xavfsizlikni ta’minlash borasidagi faol vositachilik sa’y-harakatlari yuqori baholandi. Suhbat davomida Omonda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarining xavfsizligini ta’minlash va ularni Vatanga qaytarish uchun yaratilayotgan sharoitlar uchun minnatdorlik bildirildi.
O‘z navbatida, Omon Sultoni hamjihatlik uchun tashakkur izhor etib, Masqatga rejalashtirilgan oliy darajadagi tashrif samarali o‘tishiga ishonch bildirdi.






