Ushbu mavsum "temiryo`lchilar"ni boshqargan Mikael Sekeyra "Lokomotiv" PFK bilan o`zaro kelishgan holda jamoani tark etdi.
Portugaliyalik mutaxassis bugun tunda o`z yurtiga uchib ketadi. Ushbu mavsum jamoamizni boshqargan Mikael Sekeyra vataniga ketish oldidan jamoa a`zolarini bir joyga yig`ib, klub rahbariyati, murabbiylar shtabi hamda futbolchilarga minnatdorchilik bildirdi.
O`z navbatida klubimiz rahbariyati ham portugaliyalik murabbiy sha`niga iliq fikrlar aytib, yakuniga etayotgan mavsum uchun tashakkur izhor qildi. "Lokomotiv" PFK Mikael Sekeyraga o`zaro hamkorlik uchun minnatdorchilik bildiradi.