AsosiyJamiyat

Surxondaryoda jinoyatga qo`l urgan oila fosh etildi

'Surxondaryoda jinoyatga qo`l urgan oila fosh etildi'ning rasmi

Surxondaryo viloyatining Termiz tumanida 2021 yil 1 noyabr kuni, tumanning "Navro`z" mahallasida yashovchi, R.Zilola (ism shariflar o`zgartirilgan) tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan. 

Ma`lum bo`lishicha, 17 oktyabr kuni, uyidan 3.000.000 (uch million) so`mlik 1 dona "Royson" rusumli muzlatgichini noma`lum shaxslar o`g`irlab ketganligini bildirgan. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko`rilgan choralar natijasida, ushbu o`g`irlik jinoyatini, Termiz tumanida istiqomat qiluvchi J.Shavkat va turmush o`rtog`i, V.Sanobarlar sodir etishganliklari aniqlanib, ushlangan va ulardan ashyoviy dalil olingan. 5 noyabr kuni J.Shavkat va V.Sanobarlarga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi "v" bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar