Adliya vazirining tegishli buyrug`i bilan Sunatillo Tojimurodovich Abdurasulov Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig`i lavozimiga tayinlandi.
S. Abdurasulov 1984 yilda Samarqand shahrida tug`ilgan. Ma`lumoti oliy, 2006 yilda Samarqand davlat universitetini, 2008 yilda Toshkent davlat yuridik instituti magistraturasini tamomlagan, mutaxassisligi huquqshunos.
U o`z mehnat faoliyatini 2007 yilda Adliya vazirligi Shartnomaviy-huquqiy ishlarni nazorat qilish boshqarmasining katta maslahatchisi lavozimidan boshlab, turli mas`ul lavozimlarda faoliyat yuritgan hamda hozirga qadar Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig`i birinchi o`rinbosari bo`lib ishlab kelayotgan edi.