AsosiySport

Turin prokuraturasi Ronalduni so`roq qiladi

'Turin prokuraturasi Ronalduni so`roq qiladi'ning rasmi

“Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu tez orada Turin prokuraturasi tomonidan so`roq qilinadi. Bu haqda La Gazetta dello Sport xabar berdi

Qayd etilishicha, Ronaldu “Yuventus”dagi faoliyatiga oid masalalar bo`yicha chaqirtiriladi. Avvalroq turin klubi rahbariyati moliyaviy hisobotlarni soxtalashtirish bo`yicha so`roqqa tutilgan, jumladan, “Yuventus” prezidenti Andrea Anelli, vise-prezident Pavel Nedved hamda sobiq sport direktori Fabio Paratichi tergovga chaqirilgan.

Prokuratura Ronalduning koronavirus pandemiyasi davrida “Yuventus”dan qo`shimcha mablag` olgani borasida chiqqan xabarlar bo`yicha surishtiruv o`tkazadi. 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar