Samarqand shahridagi “Dinamo” stadionida “Paxtakor” va “Nasaf” jamoalari o`rtasida O`zbekiston kubogi finali bo`lib o`tdi.
Birinchi bo`limning 34-daqiqasidan “Nasaf” maydonda bir kishi kam bo`lib qoldi. Shunga qaramay, o`yin davomida qarshiliklar raqibiga etarlicha qarshilik ko`rsatdi. Qiziqarli kechgan o`yin 2:1 hisobida “Nasaf”ning g`alabasi bilan yakunlandi.
Shu tariqa, "Nasaf" o`z tarixida 2-bor O`zbekiston kubogini qo`lga kiritdi. Shuningdek, Osiyo Chempionlar ligasi pley-off bahsida ishtirok etish imkoniyatini ham qo`lga kiritdi.
O`zbekiston kubogi. Final
“Paxtakor” – “Nasaf” - 1:2
Gollar: Hamrobekov 28 — Abdurahimov 38, G`aybullaev 75