2021 yilning 2 dekabr kuni O`zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasining ertalabki sessiyasida Toshkent shahrida joylashgan “ITP INTER TOPFULL PETROL” kompaniyasi tomonidan 60 tonna “AI-98” (tonnasi uchun 12 921 483 so`m) avtomobil benzinini xarid qilindi. Bu haqda “Buxoro NQIZ” MChJ Matbuot xizmati xabar berdi.
Avvalroq, “O`zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullaev topshirig`iga binoan Buxoro neftni qayta ishlash zavodi mutaxassislari tomonidan 2021 yil davomida yangi turdagi avtomobil benzini ishlab chiqishni yo`lga qo`yish bo`yicha tadqiqotlar olib borilishi natijasida “AI-98” yuqori sifatli tijorat benzinini ishlab chiqarish o`zlashtirilgan edi.
Ma`lumot uchun: Bugungi kunda Buxoro neftni qayta ishlash zavodida 20 dan ortiq rusumdagi, 9 turdagi mahsulot ishlab chiqariladi. Ishlab chiqariladigan avtomobil benzinlari qatorida “AI-80”, “AI-91”, “AI-92”, “AI-95”, “QuWatt AI-95” brendi va yangi “AI-98” avtomobil benzini o`rin olgan.