AsosiyJamiyat

O`zbekistonda davlat xizmatchilari har qanday turdagi mukofot va sovg`a olishi taqiqlanishi kutilmoqda

'O`zbekistonda davlat xizmatchilari har qanday turdagi mukofot va sovg`a olishi taqiqlanishi kutilmoqda'ning rasmi

“Davlat fuqarolik xizmati to`g`risida”gi qonun loyihasi Qonunchilik palatasiga kiritildi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish Agentligi direktori Akmal Burxanov xabar berdi. 

Unda davlat fuqarolik xizmatchilarining maqomi, ularning huquq va majburiyatlari, davlat fuqarolik xizmatining asosiy prinsiplari, davlat fuqarolik xizmatiga kirish ochiq tanlov asosida amalga oshirilishi, davlat fuqarolik xizmatchisining rotasiyasi, xizmat safarlari, ijtimoiy himoyasi, xususan, davlat fuqarolik xizmatchisining hayoti va sog`lig`i davlat byudjeti hisobidan majburiy sug`urta qilinishi belgilanmoqda.

Qonun loyihasiga muvofiq, endilikda davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reestri yuritiladi hamda davlat fuqarolik lavozimlari guruhlar, toifalarga bo`linadi va malaka darajalari hamda davlat fuqarolik xizmati lavozimi turkumlari tartibga solinadi.

Bundan tashqari, qonun loyihasida davlat fuqarolik xizmatini o`tash bilan bog`liq cheklovlar belgilanib, o`zaro yaqin qarindoshlik yoki quda-andachilikda bo`lgan shaxslar bevosita bo`ysunuv va nazorati ostidagi davlat fuqarolik xizmati lavozimini egallash, pedagogik, ilmiy va ijodiy faoliyatdan tashqari boshqa haq to`lanadigan faoliyat turi bilan shug`ullanish, tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanish, mavqeidan foydalanib yoki o`z xizmat vazifalarini bajarishi evaziga har qanday turdagi mukofot yoxud sovg`a olish, chet el fuqaroligiga ega bo`lish, respublika hududidan tashqarida hisobvaraqlar ochish va egalik qilish, ko`chmas va boshqa mol-mulkka ega bo`lish taqiqlanmoqda.

Ahamiyatlisi, korrupsiyaga qarshi kurashish bo`yicha alohida bob ajratilgan bo`lib, unga ko`ra, davlat fuqarolik xizmatchisining manfaatlar to`qnashuvini hal qilishning tashkiliy-huquqiy asoslari belgilanishi va rioya qilish yuzasidan monitoring va nazorat o`tkazilishini ta`minlash, davlat fuqarolik xizmatchisining sovg`a olish va berish tartibini belgilash, davlat fuqarolik xizmatchisining odob-axloq qoidalari, xususan davlat fuqarolik xizmatchisining xizmatda va xizmatdan tashqaridagi xulq-atvorining asosiy qoidalarini belgilash kabi chora-tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar