"Lokomotiv" klubi yangi bosh murabbiyni e`lon qildi

Sport 15.12.2021, 20:44
Teglar: Lokomotiv, Denis Korostichenko
"Lokomotiv" klubi yangi bosh murabbiyni e`lon qildi

Bugun "Lokomotiv" PFK rahbariyati va murabbiylar shtabi o`rtasida uchrashuv bo`lib o`tdi.  

Yig`ilishda jamoamizning Superliga va O`zbekiston Kubogidagi ishtiroki muhokama qilinib, keyingi yil uchun rejalar belgilab olindi.

Uchrashuv chog`ida klub rahbariyati yangi mavsumdan asosiy jamoani yosh iqtidorli mutaxassis Denis Korostichenko boshqarishini ma`lum qildi. Xabaringiz bor, portugaliyalik murabbiy Mikael Sekeyra "Lokomotiv"ni tark etganidan so`ng, 27 noyabr kuni Qarshida "Nasaf" bilan kechgan bahsda "temiryo`lchilar"ni Denis Korostichenko boshqarib, mavsumning oxirgi o`yinida jamoamiz 3:1 hisobida zafar quchdi.  

Ma`lumot uchun, Denis Vladimirovich Korostichenko 1986 yil 11 iyulda Toshkent shahrida tug`ilgan. Ma`lumoti - oliy. 2014 yil O`zbekiston Davlat Jismoniy-tarbiya institutini tamomlagan. Katta futboldagi faoliyatini "Oqtepa" safida o`tkazgan. Murabbiylik faoliyatini esa 2005 yilda boshlab, dastlab Toshkent shahridagi BO`SM-17da bolalar murabbiy bo`lib ishlagan. 2010-2018 yillari "Bunyodkor" akademiyasida faoliyat yuritgan Korostichenko 2019 yildan beri "Lokomotiv" PFKda ishlab kelyapti.

Sharhlar

“Lokomotiv” olti nafar futbolchi tark etdi

13.12.2021, 21:24

Toshkentning “Lokomotiv” klubi mavsum yakunlanganidan so`ng bir nechta futbolchilari bilan xayrlashmoqda. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. Ma`lum bo`lishicha, darvozabon Javohir Ilyosov, himoyachilar - Shuhrat...
Mikael Sekeyra "Lokomotiv" bilan xayrlashdi

25.11.2021, 00:09

Ushbu mavsum "temiryo`lchilar"ni boshqargan Mikael Sekeyra "Lokomotiv" PFK bilan o`zaro kelishgan holda jamoani tark etdi.  Portugaliyalik mutaxassis bugun tunda o`z yurtiga uchib ketadi. Ushbu mavsum...
“Lokomotiv” bosh murabbiyi Sekeyra: “Bu tizim bilan O`zbekiston MTJ hech qachon jahon chempionatiga bormaydi”

23.10.2021, 22:16

Superliganing 23-turidan o`rin olgan "Qo`qon-1912" - "Lokomotiv" (2:1) uchrashuvidan so`ng mehmonlar bosh murabbiyi Mikael Sekeyra fikrlarini bildirib o`tdi.Portugaliyalik mutaxassis o`yindan keyin o`zbek futbolidagi tizimni keskin...
"Lokomotiv” klubi yarim himoyachisi Jasur Jaloliddinov “Tambov” klubiga o`tdi

14.10.2020, 22:56

Moskvaning “Lokomotiv” klubi yarim himoyachisi Jasur Jaloliddinov “Tambov” klubiga o`tdi.“Jaloliddinovni sotib olish shartisiz mavsum yakuniga qadar ijaraga olayapmiz. “Lokomotiv” bilan kelishuvga erishib bo`ldik.Unga ko`ra, o`zbekistonlik...