AsosiySport

Ronaldu futbolkasini hayriya kimoshdi savdosiga sovg`a qildi. Sababi...

"Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronaldu futbolkasini hayriya kimoshdi savdosig...

'Ronaldu futbolkasini hayriya kimoshdi savdosiga sovg`a qildi. Sababi...'ning rasmi

"Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronaldu futbolkasini hayriya kimoshdi savdosiga sovg`a qildi. Bu haqda Sports.ru xabar berdi

Qayd etilishicha, portugaliyalik futbolchi Ispaniyaning Palma orolida 19 sentyabrdan buyon tinimsiz otilayotgan vulqondan jabrlangan insonlarga yordam berish istagida.

"Hattoki vulqonning kuchi ham La Palmani barbod qila olmaydi. Men ushbu go`zal orol tarafidaman", - dedi Ronaldu sovg`a qilingan Portugaliya libosida.

Ma`lumot uchun, Palma orolida 88 kun ichida 1600dan ortiq uylar vayron bo`ldi, 74 kilometr yo`l zarar ko`rdi, 7 mingdan ziyod kishi evakuasiya qilindi. 

Boshqa yangiliklar