Turinning "Yuventus" klubi oxirgi 3 yil davomida futbolchilar uchun qancha mablag` sarflagani bo`yicha hisobot taqdim qildi.
Qayd etilishicha, "Yuventus" ayni vaqtda "Manchester Yunayted"da o`ynayotgan sobiq hujumchisi Krishtianu Ronaldu uchun 3 yilda 277 million evro sarflagan. Bu haqda La Gazzetta dello Sport xabar berdi.
Turin klubi 277 mln evroni uning transfer xarajatlari, hujumchining maoshi va Ronalduga bog`liq boshqa xarajatlarga ishlatgan.
Shuningdek, "Yuventus" 2016-2020 yillar oralig`ida jamoada o`ynagan argentinalik Gonsalo Iguainga 122 mln evro sarflagan. Yarim himoyachilar Duglas Kostaga 87 mln evro, Federiko Bernardeskiga 73 mln evro, Aaron Remziga 44 mln evro xarajat qilingan.