Talaba va o`quvchilarga qo`shimcha imkoniyat va qulaylik yaratish maqsadida, xususan, talabalarni doimiy yashash joylariga borish va qaytishi uchun ichki temiryo`l va aviaqatnovlarga chiptalarni maxsus 50 foizli chegirma bilan xarid qilish imtiyozi 25 dekabrdan e`tiboran qo`llanishi belgilandi.
Shu munosabat bilan, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirining 2021 yil 25 dekabrdagi 537-sonli buyrug`iga asosan oliy, o`rta maxsus va professional ta`lim muassasalari talaba va o`quvchilari uchun qishki ta`til muddatining boshlanishi ham 2021 yilning 25 dekabriga ko`chirilganligi ma`lum qilinadi.