AsosiySport

OAV xodimlari badminton bo`yicha musobaqa o`tkazildi

Xabar berganimizdek, bugun mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan ommaviy axborot vosital...

'OAV xodimlari badminton bo`yicha musobaqa o`tkazildi'ning rasmi

Xabar berganimizdek, bugun mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan ommaviy axborot vositalari xodimlari o`rtasida badminton musobaqasi o`tkazildi.

Turizm va sport vazirligi tomonidan tashkil etilgan mazkur musobaqa jurnalistlar va shu sohada xizmat qilayotgan xodimlarni sog`lom turmush tarziga jalb etish, ularni jismoniy faollikka chaqirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Musobaqada televidenie, radio, gazeta, axborot agentligi, internet jurnalistikasi, turli korxona-tashkilotlarning matbuot xizmati vakillari, hattoki O`zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi va xodimlaridan iborat jami 70 nafarga yaqin ishtirokchi “Yangi yilga sport bilan!” shiori ostida tashkil etilgan musobaqada o`z omadini sinab ko`rishdi.

Tadbirning ochilish marosimida O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o`rinbosari – turizm va sport vaziri Aziz Abduxakimov ishtirok etdi hamda nutq so`zladi. Vazir o`z nutqida OAV xodimlarini ushbu musobaqada ko`rib turganidan mamnun ekanligini ta`kidlab, kelgusida ham ijod ahlini sport bilan shug`ullanib turishga da`vat etdi. Bu borada salomatlik uchun eng foydali sport turlaridan biri badminton bilan shug`ullanib turishni tavsiya qildi.

Shundan so`ng Turizm va sport vaziri Aziz Abduxakimov hamda O`zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi Olimjon O`sarovlar o`rtasidagi ramziy o`yin bilan musobaqaga start berildi.

Ta`kidlash joiz, bu yilgi bahslarning oldingilardan farqli jihati, unda ishtirokchilar yosh toifasi bo`yicha musobaqalashdi, ya`ni 40 yoshgacha bo`lgan va undan katta yoshlilar. Bu esa musobaqaning har jihatdan adolatli va shaffof o`tishini ta`minladi.

Quyida musobaqa g`oliblari bilan tanishing:

Yakkalik, ayollar

-40 yosh

1. Malika Ermatova – “Sport” telekanali,

2. L.Zakirova – “Sport” telekanali,

3. Sh.Tolibjonova – “Sport” telekanali,

+40 yosh

1. H.Mannapova – “Sport” telekanali,

2. D.Ikromova – “Sport” telekanali,

3. D.Umarova – “Sport” telekanali,

Yakkalik, erkaklar

-40 yosh

1. S.Niyozov – “Yoshlar” telekanali,

2. S.Rasulov – “Sport” telekanali,

3. S.Ergashev – “Sport” telekanali,

+40 yosh

1. B.Maqsudov – “Sport” telekanali,

2. D.Nazarov – “Sport” telekanali,

3. O.Eshmamatov – Turizm va sport vazirligi Matbuot xizmati

Mikst (aralash juftlik)

1. A.Murodjonov (Respublika teleradiomarkazi)/M.Ermatova (“Sport” telekanali),

2. S.Rasulov/D.Umarova (“Sport” telekanali),

3. S.Niyozov (“Yoshlar” telekanali)/Sh.Tolibjonova (“Sport” telekanali).

Musobaqa yakunida g`olib va sovrindorlar medal, diplom hamda sport anjomlari bilan taqdirlanishdi. Shuningdek, yakkalik bahslarida g`oliblikni qo`lga kiritgan ishtirokchilarga turizm va sport vazirining Yangi yil sovg`asi – “Tibet” dam olish maskaniga vaucherlar taqdim etildi.

Boshqa yangiliklar