"Barselona" klubida koronavirus yuqtirib olgan futbolchilar soni ko`payib borayotgani ma`lum bo`ldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.
Ma`lum bo`lishicha, jamoaning 7 nafar futbolchisi, jumladan, Usmon Dembele, Samyuel Umtiti va Gavi, Jordi Alba, Dani Alves, Kleman Langle va Aleks Balde COVID-19ga topshirgan testi musbat natija bergan. Futbolchilar o`zini yakkalash tartibiga o`tkazilgan.
Ma`lumot uchun, "Barselona" La Liga navbatdagi turini 2 yanvar kuni "Malorka"ga qarshi o`tkazadi.