Yangi mavsum oldidan Farg`onaning "Neftchi" futbol klubi bugun yana bir transferga qo`l urdi. O`tgan mavsumda Toshkentning "Bunyodkor" jamoasi safida 23 marta maydonga tushib, 1ta golga mualliflik qilgan tajribali yarim himoyachi Lutfulla To`raev bilan bir yillik shartnoma imzolandi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.
Ma`lumot uchun, Lutfulla To`raev "Bunyodkor" dan tashqari "Mash`al","Nasaf"," Lokomotiv", AGMK hamda ma`lum bir muddat Malayziyaning "Felda Yunayted" klublarida faoliyat ko`rsatgan.






