Seleksiya ishlarini jadal davom ettirayotgan “Navbahor” navbatdagi kelishuvni amalga oshirdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Asosan Toshkentning “Paxtakor” klubi hamda O`zbekiston milliy terma jamoasidagi o`yinlari bilan muxlislar mehriga sazovor bo`lgan tajribali himoyachi Egor Krimes 2022 yilgi mavsumda “Navbahor” sharafini himoya qiladi.
EGOR KRIMES
Tug`ilgan sanasi: 1992 yil 27 yanvar
Tug`ilgan joyi: Toshkent, O`zbekiston
Ampluasi: himoyachi
2011 yildan hozirgacha “Paxtakor” jamoasi tarkibida jami 93 marta maydonga tushib, 12 ta gol urgan. 2013, 2016 va 2017 yillarda Xitoyning “Beyszin Goan” klubida to`p tepib, jami 46 ta uchrashuvda raqiblar darvozasini bir marotaba ishg`ol qilgan.
O`zbekiston milliy terma jamoasi libosida 35 marta maydonga tushib, 2 ta gol urgan.






