AsosiySport

"Metallurg" Fozil Musaev bilan shartnoma imzoladi

'"Metallurg" Fozil Musaev bilan shartnoma imzoladi'ning rasmi

Toshkent viloyatida tavallud topib, nomdor futbolchilardan biriga aylangan, ko`p yillar O`zbekiston terma jamoasi sharafini xalqaro maydonlarda himoya etgan Fozil Musaev yangi mavsumda “Metallurg” jamoasi libosida maydonga tushadigan bo`ldi. “Metallurg” PFK o`z tarkibiga tajribali yarim himoyachini qo`shib oldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi

Fozil Musaev 33 yoshda. 1989 yilning 2 yanvar sanasida Toshkent viloyatida tavallud topgan. Futbolchilik faoliyatini Qarshining “Nasaf” jamoasida boshlagan. Keyinchalik mamlakatimizning “Mash`al”, “Bunyodkor”, “Lokomotiv”, “Turon” jamoalarida o`ynadi. Qatarning “Al Muattar”, Eronning “Sepaxon”, Yaponiyaning “Jubilo Ivata” jamoalari sharafini himoya etdi. Xorijdagi faoliyatini ham qo`shib hisoblaganda kuchlilar safida 278 ta o`yinda maydonga tushgan. 18035 daqiqa yashil maydonda to`p surgan. 23 ta gol kiritgan. 42 marta ogohlantirilgan.

Fozil Musaev – O`zbekiston vise-chempioni (2011, 2014), O`zbekiston kubogi sohibi (2014), mamlakat kubogi finalchisi (2011, 2012), Superkubok finalchisi (2014), Eron Islom Respublikasi chempioni (2014/15),  OFK kubogi sohibi (2011) bo`lgan. O`zbekiston o`smirlar (2007-2008), yoshlar (2009-2011) va milliy (2009-2015) terma jamoalari safiga jalb etilgan.

Fozil Musaev  

33 yoshda. 1989 yilning 2 yanvar sanasida tug`ilgan.

Ampluasi – yarim himoyachi  

Faoliyat yuritgan jamoalari:

2007-2008 yillar – “Nasaf” (Qarshi)  

2009-2011 yillar – “Mash`al” (Muborak)  

2012 yil – “Nasaf” (Qarshi)

2013 yil – “Bunyodkor” (Toshkent)

2013-2014 yillar – “Al Muattar” (Qatar)

2014 yil – “Lokomotiv” (Toshkent)

2014-2016 yillar – “Sepaxon” (Eron)

2016 yil – “Nasaf” (Qarshi)

2017-2020 yillar – “Jubilo Ivata” (Yaponiya)

2021 yil – “Turon” (Yaypan)

Boshqa yangiliklar