AsosiySport
5109

Ronaldu "Barselona"ga o`tishi mumkin

'Ronaldu "Barselona"ga o`tishi mumkin'ning rasmi

"Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronaldu tez orada jamoasini almashtirishi mumkin. Bu haqda  Sport.es xabar berdi.

Qayd etilishicha, portugaliyalik futbolchi "Manchester Yunayted"dagi muhitdan qoniqish hosil qilmayapti va agenti Jorje Mendeshga yangi jamoa topishini aytgan. O`z navbatida Mendesh "Barselona" prezidenti Joan Laporta bilan aloqalari yaxshi va mijozini kataloniyaliklarga taklif qilishi ehtimoli bor. 

Bundan tashqari, "Barselona" ham qishki transfer vaqtida tarkibga hujumchi taklif qilishni rejalashtirgan. 

Ma`lumot uchun, Ronaldu APL joriy mavsumida 16 o`yinda 8ta gol va 3ta assistga mualliflik qilgan. 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar