Saudiya Arabistonida o`tayotgan Ispaniya Superkubogining dastlabki finalchisi ma`lum bo`ldi.
"Barselona" - "Real" uchrashuvi gollarga boy bo`ldi. Asosiy bo`limlarda darvozalarga jami 4ta to`p kiritildi. Qo`shimcha bo`limlarning dastlabkisida esa "Real" gol kiritishga erishdi.
Shu tariqa, "Real" 3:2 hisobida "Barselona" ustidan zafar quchib, finalga yo`llanma oldi.
Final uchrashuvi 16 yanvar kuniga belgilangan.
Ispaniya Superkubogi. Yarimfinal
'Barselona" — "Real" - 2:3
Gollar: Lyuk de Yong (42), Fati (83) — Vinisius (25), Benzema (72), Valverde (98).