AsosiySport

Futbol bo`yicha O`zbekiston terma jamoasi a`zolarida koronavirus aniqlandi

'Futbol bo`yicha O`zbekiston terma jamoasi a`zolarida koronavirus aniqlandi'ning rasmi

Futbol bo`yicha O`zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanes Sloveniyada koronavirusga chalindi. Shu sababli, u Dubayda bo`lib o`tadigan yig`inda qatnasha olmaydi, uning o`rniga yordamchi murabbiylar mashg`ulot o`tkazadi. Qolaversa, jamoa yarim himoyachisi Hojimat Erkinovda ham COVID-19 aniqlanib, karantinga olingan.

Futbol bo`yicha O`zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi va bir nafar futbolchisi koronavirusga chalindi, deb xabar berdi O`zbekiston futbol assotsasiyasi bayonot berdi.

Ta`kidlanishicha, bosh murabbiy Srechko Katanes Dubaydagi yig`inga Sloveniyadan etib kelishi lozim bo`lgan. Biroq, ketish oldidan topshirgan testi musbat natijani ko`rsatgan.

«Shu tariqa, sloveniyalik mutaxassis o`z yurtida karantin o`tashga majbur bo`ldi. Umid qilamizki, karantin davri tugagach, murabbiyimiz o`z sog`lig`ini tiklagan holda terma jamoa boshqaruviga qaytadi. Unga qadar Katanesning yordamchi murabbiylari yig`inning boshlang`ich qismida terma jamoani boshqarib turadi», — deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, terma jamoa a`zosida ham koronavirus aniqlangan. Jamoa Dubay shahriga etib borgach, delegasiyaning barcha a`zolari PZR test topshirgan.

Testlar natijasiga ko`ra, Hojimat Erkinovda musbat natija qayd etilgan. Shu sababli u belgilangan tartibda, jamoadan ajratilgan holga karantin o`tashni boshlagan.

Karantin muddati yakuniga etgach, futbolchi qayta test topshiradi va natijadan kelib chiqib keyingi mashg`ulotlari reja qilinadi.

    Boshqa yangiliklar