1

2021 yilda birja orqali qariyb 300 mlrd so`mlik avtoraqamlar sotildi

Iqtisodiyot 14.01.2022, 15:02
2021 yilda birja orqali qariyb 300 mlrd so`mlik avtoraqamlar sotildi

2021 yil yakunlariga ko`ra O`zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasining avtoraqam.uzex.uz vebsaytida 298,8 mlrd so`mlik 139,4 mingdan ziyod avtoraqamlar shaffof onlayn-auksionlar orqali sotildi. Avtoraqamlarning sotuvi son jihatdan 40% ga, hajmi bo`yicha – 21% ga o`sdi.

Tuzilgan bitta bitimning o`rtacha qiymati 2,1 mln so`mni tashkil etgan. Sotilgan avtoraqamlarning 91% jismoniy shaxslar, 9% - yuridik shaxslar tomonidan xarid qilingan. O`tgan davrda sotilgan avtoraqamlarning eng past bahosi – 450,5 ming so`mni, eng qimmat avtoraqamning qiymati esa 441,5 mln so`mni tashkil qildi.

Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning 37% birinchi toifadagi avtoraqamlar, 22 % – ikkinchi, 13% – uchinchi, 9% – to`rtinchi, 9% – beshinchi va 10% – oltinchi toifa avtoraqamlarga to`g`ri kelgan.

Hududlar kesimida eng ko`p avtoraqamlar Toshkent shahri va Toshkent viloyati (48%) Samarqand va Farg`ona (8% dan), Namangan va Andijon (6% dan), hamda Buxoro (5%) viloyatlarida xarid qilingan.

Eslatib o`tamiz, avtoraqamlarni onlayn-auksionlarda sotilishidan kelib tushgan mablag`larning 80 foizi – O`zbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga, 20 foizi – O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, xodimlarini moddiy rag`batlantirish va boshqa xarajatlar Maxsus jamg`armasiga yo`naltiriladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1