"Everton" bosh murabbiyi Rafael Benitesni iste`foga chiqardi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, ispaniyalik mutaxassis 2021 yil yozida jamoani qabul qilib olgandi.
"Everton" 15 yanvar kuni "Norvich"ga (1:2) qarshi o`yinda yutqazib qo`ydi. Shundan keyin jamoa rahbariyati 61 yoshli murabbiyni iste`foga chiqarishga qaror qildi.






