AsosiySport

AGMK Markaziy Osiyo futboli yulduzlaridan birini o`z safiga qo`shib oldi

'AGMK Markaziy Osiyo futboli yulduzlaridan birini o`z safiga qo`shib oldi'ning rasmi

AGMK klubi O`rta Osiyo futboli yulduzlaridan biri sanalgan iste`dod sohibi, tojikistonlik Alisher Jalilov bilan kelishuvga erishdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ma`lumot uchun, Jalilov faoliyatini Qozonning “Rubin” klubida boshlagan. Keyinchalik ma`lum vaqt “Nefteximik” va “Baltika” jamoalari ham o`ynagan. 2019 yildan e`tiboran esa Tojikistonga qaytgan va ketma-ket 3 mavsum “Istiqlol” jamoasi bilan mamlakat chempioniga aylangan.

Alisher Jalilov futbolchilik faoliyatini Rossiyada boshlagan va Rossiyaning turli yoshdagi terma jamoalarida ham faoliyat ko`rsatgan. Jalilov Tojikiston milliy terma jamoasida o`ynashni ma`qul topgan va futbolchi 2019 yildan e`tiboran Tojikiston milliy jamoasi a`zosi sanaladi.

Alisher Jalilov markaziy yarim himoyachi ampluasida o`ynaydi. Futbolchi faoliyati davomida jami 159 o`yin o`tkazgan va raqiblar darvozasiga 40ta gol kiritgan.

Tajribali futbolchi Alisher Jalilov 1993 yili 29 avgust kuni tavallud topgan", - deyiladi xabarda. 

Boshqa yangiliklar