FIFA tomonidan yilning eng yaxshilarini aniqlash uchun "The Best" marosimi bo`lib o`tmoqda.
Unga ko`ra, 2021 yilning eng yaxshi darvozaboni deya "Chelsi" posboni Eduar Mendi topildi.
Senegallik futbolchi o`tgan yilda 29ta "quruq" o`yin o`tkazdi hamda jamoasi bilan Evropa Chempionlar ligasi g`olibiga aylandi.
Ma`lumot uchun, "Chelsi" 2020 yilda Mendini "Renn" klubidan 24 million evro evaziga sotib olgandi.






