AsosiySport

Ronaldu: "Tarixdagi eng yaxshi to`purar bo`lish ajoyib va bundan faxrlanaman"

'Ronaldu: "Tarixdagi eng yaxshi to`purar bo`lish ajoyib va bundan faxrlanaman"'ning rasmi

"Manchester Yunayted" va Porgutaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu FIFAning The Best maxsus sovrinini qo`lga kiritdi. Shundan so`ng quyida fikrlarini aytib o`tdi. 

"Dastavval 20 yil mobaynida men bilan birgalikda terma jamoada to`p surgan sheriklarimga minnatdorchilik bildiraman. Jahon rekordi 109ta gol edi, shundaymi? Men uni 6ta to`pga yaxshiladim va bundan juda ham faxrlanaman. 

Men hurmat qiladigan tashkilot - FIFA tomonidan maxsus mukofat oldim va shu o`rinda oilamga ham minnatdorchilik bildiraman. Tez orada yana ota bo`laman. Tarixdagi eng yaxshi to`purar bo`lish bu juda ajoyib va bunlan faxr tuyg`usini his qilmoqdaman. 

Menda hali o`yinga va gollar urishga bo`lgan ishtiyoq yo`qolmagan. 5 yoshimdan buyon futbol o`ynayman, har bir mashg`ulotlarga chiqqanimda ham motivasiyam bor. 

37 yoshda bo`lsam-da, o`zim him qilmoqdaman va qattiq mehnat qilishda davom etmoqchiman. Umid qilamanki, yana 4-5 yil futbol o`ynamoqchiman. Agarda siz tanangizga yaxshi munosabatda bo`lsangiz, u sizga kerak bo`lganini qaytaradi", - deya Ronaldu so`zlaridan keltirmoqda Daily Mail.

Boshqa yangiliklar