AsosiySport
3401

JCh-2022 uchun chiptalar sotuvining dastlabki bosqichi boshlandi

'JCh-2022 uchun chiptalar sotuvining dastlabki bosqichi boshlandi'ning rasmi

Qatarda bo`lib o`tadigan Jahon chempionati o`yinlari uchun chiptalar sotuvining birinchi bosqichi boshlandi. Bu haqda FIFA matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, birinchi bosqich savdolari 8 fevarlaga qadar davom etadi. Bu vaqt davomida chipta sotib oluvchilar FIFAning rasmiy sayti orqali murojaat qilishlari mumkin. Qizig`i, mavjud o`rinlar sonidan oshib ketadigan bo`lsa, chiptalar tasodifiy yo`l bilan taqdirlanadi. 

Manbada keltirilishicha, xorijdan keladigan muxlislar uchun guruh bosqichi o`yinlari chiptalari narxi 69 dollardan 220 dollargacha,  mahalliy muxlislar uchun 11 dollarni tashkil qiladi. Final uchrashuvi esa mahalliy ishqibozlarga 206 dollarni tashkil qilsa, xorijdan keladiganlarga 604 dollardan 1600 dollargacha bo`lishi ma`lum qilindi. 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar