AsosiySport

"Super Mario" APLga qaytishi mumkin

'"Super Mario" APLga qaytishi mumkin'ning rasmi

"Adana Demirspor" hujumchisi Mario Balotelli faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda taniqli insayder Nikolo Skira xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, "Nyukasl" klubi Balotelli xizmatiga qiziqish bildirmoqda va uning agenti Mino Rayola bilan muzokara o`tkazgan. 

O`z navbatida 31 yoshli hujumchi ham faoliyatining keyingi bosqichini yana APLda davom ettirishga qarshi emas. Futbolchi o`z vaqtida "Manchester Siti" va "Liverpul" klublari sharafini himoya qilgan.

Ma`lumot uchun, Mario Balotelli  Turkiya chempionatida 18 ta o`yin o`tkazib, 7 ta gol urishga muvaffaq bo`ldi. 

Boshqa yangiliklar