AsosiySPORT

Ronaldu "Vest Hem"ga qarshi uchrashuvda maydonga tushmaydimi?

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ralf Rangnik hujumchi Krishtianu Ronalduning "Vest He...

'Ronaldu "Vest Hem"ga qarshi uchrashuvda maydonga tushmaydimi?'ning rasmi

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ralf Rangnik hujumchi Krishtianu Ronalduning "Vest Hem"ga qarshi o`yinda ishtirok etishi so`roq ostida ekanini ma`lum qildi. 

"Ronalduning "Vest Hem"ga qarshi bahsda ishtirok etishi noma`lum bo`lib turibdi. Chunki u bo`ynida og`riq his qilmoqda. Shu sababli uning bu o`yinda ishtirok etish yoki etmasligini tez orada bilib olamiz, -  deya Rangnik so`zlaridan keltirmoqda The Atletic nashri 

Eslatib o`tamiz, Ronaldu «Brentford» - «MYu» uchrashuvning 71-daqiqasida maydondan olingach, 36 yoshli forvard jamoa ustozi Ralf Rangnik bilan o`zaro tortishib qolgan edi. Futbolchi maydonda ko`proq qolishni istagan.

Eslatib o`tamiz, "Manchester Yunayted" – "Vest Hem" uchrashuvi 22 yanvar, shanba kuni soat 20:00da boshlanadi.

Boshqa yangiliklar