Xabaringiz bor, 21-yanvar kuni O`zbekiston milliy terma jamoasi Yaponiya bilan o`rtoqlik uchrashuvi o`tkazishi kerak edi. Biroq epidemiologik vaziyat sababli ushbu o`yin qoldirildi. Bu haqda O`FA matbuot xizmati xabar bermoqda.
O`FA tomonidan jamoamiz uchun ushbu muddatga boshqa raqib topish ishlari olib borildi. FIFA kunlari bo`lmagani va karantin cheklovlari sababli bir qancha terma jamoalar o`z rejalariga o`zgartirish kiritdi.
Natijada, klublar bilan o`ynash variantlari yuzaga keldi. Murabbiylar shtabi yig`inga chaqirilgan bir qancha yosh futbolchilar, mahalliy klublar vakillariga milliy jamoada o`yin amaliyotini taqdim etish maqsadida ana shu nazorat o`yinini o`tkazish fikrini qo`llab-quvvatladi.
Shu tariqa, Birlashgan Arab Amirliklarining “Al-Vahda” klubi bilan 23-yanvar kuni nazorat uchrashuvi o`tkazish bo`yicha kelishuvga erishildi. Nazorat o`yini ikkala murabbiyning talabi bilan yopiq tarzda o`tishi belgilandi.