Srechko Katanes boshchiligidagi O`zbekiston milliy terma jamoasi bugun BAAning “Al Vahda” klubiga qarshi o`rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.
Uchrashuv 1:0 hisobida O`zbekiston milliy terma jamoasi g`alabasi bilan yakunlandi. Yagona golni 90-daqiqada Azizbek Amonov penaltidan kiritdi.
O`rtoqlik uchrashuvi
O`zbekiston MTJ - Al Vahda - 1:0
Gol: Azizbek Amonov (90, pen)