“Manchester Yunayted” bosh murabbiylik lavozimiga nomzodlarni izlashda davom etmoqda. Bu haqda The Athletic xabar tarqatmoqda.
Rahbariyat tezroq Ralf Rangnik o`rniga munosib nomzodni taklif qilishni istamoqda va bir nechta mutaxassislarni kuzatmoqda.
Manbaga ko`ra, manchesterliklar Maurisio Pochettino, Erik ten Hag, Luis Enrike va Xulen Lopetegi variantlarini kuzatib bormoqda.
Germaniyalik Rangnik esa jamoani vaqtinchalik boshqarmoqda va mavsum yakunlangach, klub tizimida faoliyat yuritishi ma`lum qilingan.
Ma`lumot uchun, “Manchester Yunayted” Angliya Premer-Ligasining 22 uchrashuvidan keyin 38 ochko bilan 4-o`rinda bormoqda.