AsosiySport

CAFA Womenʼs Futsal Championship-2022. O`zbekiston terma jamoasi Tojikiston ustidan yirik hisobda g`alaba qozondi

'CAFA Womenʼs Futsal Championship-2022. O`zbekiston terma jamoasi Tojikiston ustidan yirik hisobda g`alaba qozondi'ning rasmi

Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida davom etayotgan CAFA Womenʼs Futsal Championship-2022 musobaqasining 3-tur uchrashuvlari o`tkazildi. 

Musobaqada ishtirok etayotgan O`zbekiston futzal terma jamoasi mezbon Tojikistonga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuv 8:1 hisobida o`zbekistonlik qizlarning g`alabasi bilan yakunlandi. 

Farruh Zokirov ustozligidagi O`zbekiston terma jamoasi guruhda 6 ochko bilan 2-o`rinda bormoqda. Peshqadam Eron hisobida 9 ochko bor. 

CAFA Womenʼs Futsal Championship-2022. 3-tur

Tojikiston – O`zbekiston 1:8

Gollar: Jonona Kurbonova 35' – Nilufar Qudratova 1', 33', Maftuna Shoyimova 2', 9', 22', Dildora Ergasheva 4', Zumrad Nazarova 29', Dildora Ergasheva 30'

Boshqa yangiliklar