AsosiySport

Bugun 4 nafar bokschimiz g`alabali yurishini davom ettirdi

'Bugun 4 nafar bokschimiz g`alabali yurishini davom ettirdi'ning rasmi

Toshkentda davom etayotgan boks bo`yicha 22 yoshgacha bo`lgan erkaklar va ayollar o`rtasida Osiyo chempionati bahslari qizg`in davom etmoqda. Musobaqaning bugungi, ya`ni 24-yanvar sanasiga belgilangan dasturida to`rt nafar bokschimiz ringga ko`tarildi va quvonarlisi, ularning barchasi g`alaba qozonishdi.

Jumladan, erkaklar o`rtasida -54 kg vazn toifasida Shahzod Muzaffarov malayziyalik Muhammad Imdadga qarshi ringga ko`tarildi va 5:0 hisobida g`alaba qozondi.

-57 kg vazn toifasida esa Abdulaziz Abdupattaev Qirg`iziston vakili Omurbek Daniyar uuluni 5:0 hisobida mag`lub etdi.

Ayollar o`rtasidagi bahslarda esa -50 kg vazn toifasida Sabina Boboqulova tojikistonlik tengdoshi Ruhafzo Haqnazarovaga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Yakuniy natija 5:0, hamyurtimiz foydasiga.

-52 kg vazn toifasida Feruza Kazakova Mo`g`uliston terma jamoasi a`zosi Mungunsaran Balsan ustidan 4:1 hisobila zafar quchdi.

Ertaga, 25-yanvar kungi janglarda yana 8 nafar hamyurtimiz ringga tushadi. Janglar soat 16:00da boshlanadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar