UFC o`rta vazn toifasi jangchisi Mahmud Murodovning joriy yil 26 fevral kuni Latviya vakili Misha Sirkunovga qarshi jangi bekor qilindi. Bu haqda Murodovning o`zi Instagram sahifasi orqali xabar berdi.
Qayd etilishicha, Murodov mashg`ulotlar vaqtida qo`lidan olgan jarohati sababli to`qnashuv bekor bo`lgan.
“Assalomu alaykum. Men qayg`uli xabarni siz bilan bo`lishmoqchiman, afsuski, mashg`ulotlarda qo`limdan jarohat oldim. Muayyan tekshiruvdan so`ng, tiklanish jarayoni qancha davom etishi aniq bo`ladi. Raqibim, UFC va barcha muxlislarimdan uzr so`rayman. Men 26 fevral kuni jang qilishni juda xohlagan edim, puxta tayyorgarlik ko`rdim, afsuski, jarohat ham peshonamizda bor ekan. Bu jang martga ko`chirilsa, xursand bo`lardim. Yana bir bor barchadan uzr so`rayman. Bu sport va ba`zi holatlarda biz shunchaki ojizmiz. Xudo xohlasa, tiklanib yanada kuchliroq bo`lib qaytamiz", deya yozgan sportchi.






