AsosiySport

O`zbekiston terma jamoasi o`rtoqlik uchrashuvida Janubiy Sudanni yirik hisobda mag`lubiyatga uchratdi

'O`zbekiston terma jamoasi o`rtoqlik uchrashuvida Janubiy Sudanni yirik hisobda mag`lubiyatga uchratdi'ning rasmi

Srechko Katanes ustozligidagi O`zbekiston milliy jamoasi bugun Janubiy Sudanga qarshi o`rtoqlik uchrashuvda maydonga tushdi. 

Uchrashuv kutilganidek, terma jamoamizning ustunligi ostida boshlandi va 6-daqiqada Eldor Shomurodov tomonidan kiritilgan gol evaziga hisob ochildi. 29-daqiqaga kelib Shomurodov navbatdagi golini urishga muvaffaq bo`ldi, - 2:0. Bu vaziyatda Javohir Siddiqovning uzatmasini Eldor golga aylantirdi. 

Ikkinchi bo`limning 67-daqiqasida Jaloliddin Masharipov penaltini golga aylantirdi., - 3:0. 

Shu tariqa, milliy terma jamoamiz Janubiy Sudan ustidan 3:0 hisobida mag`lubiyatga uchratdi. 

O`rtoqlik uchrashuvi. BAA, Dubay.
O`zbekiston – Janubiy Sudan – 3:0
Gollar: Eldor Shomurodov 6, 29, Jaloliddin Masharipov (67 penaltidan).

    Boshqa yangiliklar