Qirg`iziston va Tojikiston chegarasida chegarachilar o`rtasida otishma yuz berdi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti” Qirg`iziston chegara xizmati matbuot xizmatiga tayanib.
Eslatib o`tamiz, avvalroq Tojikiston Qirg`izistonning Botken va Isfana shaharlarini bog`lovchi Botken viloyatining To`rt-Kocho shahridagi yo`lning bir qismini bir tomonlama yopib qo`ygan edi. Tang vaziyat yuzaga kelgani munosabati bilan qirg`iz chegarachilari kuchaytirilgan xizmat rejimiga o`tkazildi.
“Tojikistonning uch nafar harbiy xizmatchisi o`qdan jarohat olgan holda Isfara markaziy klinikasiga etkazildi”, — deyiladi xabarda.
Qirg`izistonning Botken viloyatida Tojikiston bilan chegaradagi keskin vaziyat munosabati bilan tezkor shtab tuzildi, deb xabar bermoqda Sputnik Qirg`iziston.
Agentlik ma`lumotlariga ko`ra, chegaradagi vaziyatning keskinlashishi natijasida Botken viloyatining bir qismi elektr ta`minotisiz qolgan, elektr tarmog`i uzilgan.