Eronda prezident saylovining ikkinchi turi boshlandi. Bugun, 5 iyulda mamlakatdagi saylov uchastkalari mahalliy vaqt bilan soat 08:00 da ochildi.
Saylov natijasi barcha ovozlar hisoblab bo`lingach, 6 iyulda — kunning birinchi yarmida ma`lum bo`ladi.
Prezident lavozimi uchun sobiq sog`liqni saqlash vaziri Mas`ud Pizishkiyon (69 yosh) va Eron etakchisining Milliy xavfsizlik bo`yicha oliy kengashdagi vakili, konservator Said Jaliliy (58 yosh) kurashmoqda.
28 iyun kuni o`tkazilgan saylovning birinchi turida Pizishkiyon 44 foiz, Jaliliy 40 foiz ovoz to`plagandi. G`alaba qozonish uchun saylovchilarning 50 foiz ovozini to`plash kerak.
Pizishkiyon chet el sarmoyalarini jalb etish, G`arb bilan muloqot, hamkorlikdagi Yadroviy bitim sarmoyalarini jalb etish, ayollar va mayda millatlar huquqlarini kengaytirish tarafdori. U ayollar huquqlarini kengaytirishga va`da berdi, hukumatning hijobni majburiy kiyish borasidagi pozisiyasini tanqid qildi.