AsosiyDunyo

Bosh vazir Rishi Sunak boshchiligidagi konservatorlar partiyasi yomon natija qayd etdi

'Bosh vazir Rishi Sunak boshchiligidagi konservatorlar partiyasi yomon natija qayd etdi'ning rasmi

Buyuk Britaniyada muddatidan oldin parlament saylovlari bo`lib o`tdi.

Parlament va hukumat leyboristlar partiyasi qo`liga o`tdi. Partiya g`alaba uchun zarur bo`lgan 326 ta o`rinni qo`lga kiritdi. Egzit-pollar partiya 400 tadan ko`proq o`rinni egallab, 1997 yilgi Toni Bler natijasiga qariyb yaqinlashishini prognoz qilishmoqda.

Kir Starmer Britaniyaning navbatdagi bosh vaziri bo`ladi.

Bosh vazir Rishi Sunak boshchiligidagi konservatorlar partiyasi partiya tarixidagi eng yomon natijani ko`rsatib, og`ir mag`lubiyatga uchradi.

Konservatorlar 14 yildan beri mamlakat hukumatini boshqarib kelayotgan edi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar