AsosiyDunyo

Amerikalik bloger 100 ta uy qurib, muhtojlarga sovg`a qildi

'Amerikalik bloger 100 ta uy qurib, muhtojlarga sovg`a qildi'ning rasmi

O`zining xayriya aksiyalari bilan tanilgan mashhur bloger MrBeast yangi tashabbusga qo`l urdi. U muhtoj oilalarga 100 ta uy qurib berdi. Bu haqda Zamon.uz xabar berdi.

MrBeast nomi ostida ijod qiluvchi Jimmi Donaldson bundan oldin ham ko`plab savobli ishlarga boshchilik qilgan. U minglab odamlarning ko`rish qobiliyatini tiklash va kataraktani olib tashlash operasiyalari uchun pul bergan.

Shuningdek, bloger odamlarga 3 million dollardan ko`proq pul, shaxsiy samolyot va hatto orol ham sovg`a qilgan.

Lekin shunga qaramay, MrBeast yaxshilik yo`lida qilayotgan ushbu sa`y-harakatlari uchun ijtimoiy tarmoqda tanqidlarga ham uchrab turadi.

"Biz odamlarga yordam berganimizda ba`zi insonlarning jahli chiqadi. Ular bu ishlarni aslida men emas, hukumat vakillari qilishi kerakligini uqtirmoqchi bo`lishadi. Ha, ularning fikri to`g`ri, lekin men jamiyatdagi Ijtimoiy tengsizlikka shunchaki qarab turolmayman", deydi bloger.

Shuningdek, Donaldson internet orqali topgan barcha daromadlarini muhtoj insonlarga sarflashini va o`limidan oldin ham bor narsasini ularga berishini va`da qilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar