AsosiyDunyo

Fransiyada parlament saylari natijalaridan so`ng namoyishlar boshlanib ketdi

'Fransiyada parlament saylari natijalaridan so`ng namoyishlar boshlanib ketdi'ning rasmi

Fransiya bo`ylab so`nggi parlament saylovlari natijalaridan keyin namoyishlar bo`lib o`tdi.

Polisiya ma`lumotlariga ko`ra, Parijdagi Respublika maydoniga 8 ming kishi to`plangan. Le Figaro nashrining yozishicha, yuzlab odamlar polisiyani provokasiya qilishga uringan. Ular ko`chada narsalarni yoqib, salyut otishdi. Poytaxtda qo`lga olinganlar bor, polisiya ko`zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatgan.

Renndagi kelishilmagan mitingda 25 kishi hibsga olingan. Namoyishchilar shaharning Sent-Ann maydonida fashizmga qarshi shiorlarni hayqirgani aytiladi. Shaharda ham ko`zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatilgan. Lionda namoyishchilar huquq-tartibot idoralari bilan to`qnash kelishdi.

Fransiyada parlament saylovlarining ikkinchi bosqichi natijalariga ko`ra, “Yangi xalq fronti” so`l partiyalar koalisiyasi g`alaba qozondi. Ikkinchi o`rinda prezident Emmanuel Makronning “Birgalikda” koalisiyasi. Uchinchisi, Marin Le Penning o`ng qanot Milliy ralli partiyasi bo`lib, u saylovning birinchi bosqichida etakchilik qildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar