Avvalroq, qirg`iz-tojik chegarasida harbiylar o`rtasida otishma bo`lgani haqida xabar bergan edik.
"Tojikiston tomon o`t ochishni to`xtatmayapti" deb xabar qildi Qirg`iziston Milliy xavfsizlik davlat qo`mitasi chegara xizmati.
Manbada aytilishicha, ikki davlat chegara xizmatlari rahbarlari o`rtasida navbatdagi telefon muloqoti bo`lib o`tdi.
“Soat 23:00 holatiga ko`ra., “Tojikistonlik harbiy xizmatchilar Qirg`iziston harbiy xizmatchilari pozisiyalari tomon vaqti-vaqti bilan o`q uzishda davom etmoqda”, — deyiladi xabarda.
Eki-Tosh, Qum-bozor, Chir-Dobo hududlarida otishmalar davom etmoqda. Qirg`iziston Respublikasi Milliy xavfsizlik davlat qo`mitasi chegara xizmati ma`lumotlariga ko`ra, tojikistonlik harbiylar Qirg`iziston Respublikasi Ichki qo`shinlari harbiy xizmatchilari joylashgan joy va Kocho tumanida minomyotdan o`qqa tutgan. Tojik harbiy xizmatchilarining o`qqa tutilishi natijasida qirg`iz fuqarosining uyi yonib ketgan.
Ikki davlat chegarachilari o`rtasida davom etayotgan mojarolar oqibatida yaralanganlar soni 11 kishiga etdi: 3 nafar tinch aholi, 8 nafar harbiy xizmatchi. Ulardan ikki nafari ko`kargan, qolganlari o`q jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan. Bu haqda Isfara shahar markaziy shifoxonasidan “Asia-Plyus”ga ma`lum qilindi.