"Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronaldu XXI asrda bosh bilan eng ko`p gol urgan futbolchilar ro`yxatini boshqarmoqda.
Ma`lum bo`lishicha, Ronaldu faoliyati davomida 110 marotaba bosh bilan to`p kiritishga erishgan. Undan keyingi o`rinda "Barselona" hujumchisi Lyuk de Yong bo`lib, 78 bor gol urishga muvaffaq bo`lgan.
Fernando Lorenteda ham shuncha gol borligi ma`lum qilindi.
Quyida ro`yxat bilan tanishing:
Krishtianu Ronaldu - 110ta
Lyuk de Yong - 78ta
Fernando Lorente - 78ta
Robert Levandovski - 77ta
Radamel Falkao - 71ta
Bas Dost - 64ta
Aris Aduris - 63ta
Mario Manjukich - 60ta
Edin Jeko - 59ta
Zlatan Ibragimovich - 58ta






