Avstraliya ochiq chempionati finalida ispaniyalik tennischi Rafael Nadal rossiyalik Daniil Medvedev bilan kortga chiqdi.
Deyarli 6 soat davom etgan final bahsida Nadal irodali tarzda raqibini mag`lub etib, bosh sovringa ega chiqdi.
Dastlab Medvedev birinchi 2 setda g`olib chiqdi — 6:2, 7:6. Imkoniyatlarini deyarli kamaytirib yuborgan Nadal o`ziga keldi va keyingi 3 ta setni o`ziniki qildi 6:4, 6:4, 7:5.






