1

O`zbekistonda 2022 yilning ilk oyida iste`mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar 0,9 foizga qimmatlashdi

Iqtisodiyot 01.02.2022, 13:05
O`zbekistonda 2022 yilning ilk oyida iste`mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar 0,9 foizga qimmatlashdi

 Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2022 yilning yanvar oyida iste`mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar o`rtacha 0,9 % ga qimmatlashdi.

Yillik o`sishda iste`mol narxlari indeksining o`sish darajasi 9,8 % ga etdi.

2022 yilning yanvar oyida narxlar va tariflar o`sishida etakchi o`rinlarni oziq-ovqat mahsulotlari egallab, narxlari o`rtacha 1,3 foizga oshdi. Shu davrda nooziq-ovqat tovarlari 0,5 foizga, aholiga pullik xizmatlar 0,7 foizga oshdi.

 2022 yil yanvar oyida an`anaviy ravishda meva-sabzavot mahsulotlari oylik narxlarning oshishida etakchilik qildi. Mevalar narxi 2021 yil oxiriga nisbatan 3,1 foizga, sabzavotlar 5,8 foizga qimmatlashdi. Go`sht mahsulotlari, aksincha, oy davomida biroz arzonlashdi (0,4 foiz).

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1