"Barselona" klubi Deloitte auditorlik kompaniyasi o`tkazgan tekshiruvlar natijasini e`lon qildi.
Unga ko`ra, hozirda klubning umumiy rasmiy qarzi 1.173 milliard evroni tashkil qilmoqda. Klub o`tgan vaqt davomida 481 million evro yo`qotgan. Maoshlarning umumiy miqdori ham boshqa top jamoalarnikiga qaraganda 40 foizga ko`pligi aniqlangan.
Bundan tashqari, Deloitte auditorlik kompaniyasi mablag` sarflash bilan bog`liq shubhali operasiyalarni amalga oshirganini ma`lum qilgan. Taxminlarga ko`ra, sarf-harajatlar bilan bog`liq raqamlar oshirib ko`rsatilgan bo`lishi mumkin.
"Barselona" direktorlar kengashi hisobotdagi ma`lumotlarni shahar okrug prokuraturasiga yuborgan.
O`tgan yilning 1 mart kuni polisiya "Barselona" ofisiga reyd o`tkazgan hamda klubning sobiq prezidenti Xosep Bartomeu, sobiq bosh direktori Oskar Grau, advokat Roman Gomes Ponti hibsga olindi. Tergov ma`lumotlariga ko`ra, Bartomeu shaxsiy manfaati yo`lida klub nomidan bitimlar tuzgan.






