AsosiyIqtisodiyot

"Ilik uzildi" mavsum yaqinlashmoqda. O`zbekistonda qancha qishloq xo`jaligi mahsuloti jamg`arilgan

'"Ilik uzildi" mavsum yaqinlashmoqda. O`zbekistonda qancha qishloq xo`jaligi mahsuloti jamg`arilgan'ning rasmi

Bahor oyida aholini asosiy turdagi oziq-ovqat bilan ta`minlash uchun qariyb 627 ming tonna qishloq xo`jaligi mahsuloti jamg`arilgan.

Bu haqla AOKAda o`tkazilgan brifingda Qishloq xo`jaligi vazirligi axborot xizmati rahbari Nigora Xo`jaeva ma`lum qildi.

Ma`lum qilinishicha, belgilangan tibbiy me`yorga (52,6 kg) ko`ra, aholining kartoshkaga 1 yillik ehtiyoji 1,9 mln tonnani tashkil etadi. Joriy yilda 90 ming tonna kartoshka import qilinadi.

Toshkent shahridagi 12 ta asosiy dehqon bozorida tashkil etilgan qishloq xo`jaligi mahsulotlari yarmarkalari joriy yil 1 mayga qadar davom etadi.

Shuningdek, Respublika bo`yicha asosan 12 turdagi mahsulotlarning 2022 yilda xududlar tomonidan kafolatli etkazib berish bo`yicha hisob kitobi qilindi. 

Jumladan, 2022 yilda un va un mahsulotlari 4097 ming tn (ta`minlanishi 92,3%), guruch 485,7 ming tn (134,6%), sabzavot 12,1 mln tn (275%), sabzi 2,4 mln tn (190%), kartoshka 4,2 mln tn (161%), poliz 3,2 mln tn (350%), meva 3,2 mln tn (107%), uzum 1,7 mln tn (176%), o`simlik yog`i 375 ming tn (78%), go`sht (tirik vaznda) 1,5 mln tn (95,6%), sut 12,4 mln tn (83,6%), tuxum 8,4 mln dona (94,1%), baliq 517 ming tn (105%) ishlab chiqarish ko`zda tutilgan.

    Boshqa yangiliklar